24/10/2023

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Toshkent viloyatida joriy yilning 1-oktabr holatiga viloyatimizda 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 100,1 foizni tashkil etdi. So‘nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:

  • 2019 yilda – 7 254 ta
  • 2020 yilda – 8 370 ta
  • 2021 yilda – 9 559 ta
  • 2022 yilda – 9 722 ta
  • 2023 yilda – 7 257 ta