Viloyatimizda 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 5 378 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 2 238 ta
- sanoat sohasida – 911 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 475 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 454 ta
- qurilish sohasida – 360 ta
- tashish va saqlash sohasida – 186 ta
- axborot va aloqa sohasida – 139 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 75 ta
- boshqa sohalarda – 540 tani tashkil etgan.