20/10/2023

Joriy yilning 20- oktabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Davlat tili to‘g‘risida” navbatdagi huquqiy targ‘ibot seminari tashkil etildi. Unda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti R.Gafforov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-615-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi 167-I-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik Kodeksining 42-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risidagi” Qonunining tegishli moddalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlari mazmun mohiyati tushintirildi.