19/10/2023

Joriy yilning 18- oktabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ”Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i M.Mirasrorov hamda Yangiyo‘l shahar statistika bo‘limi boshlig‘i A.Raximqulov bilan birgalikda Yangiyo‘l  shahri savdo obyektlariga borib,  INI (iste’mol narxlari indeksi) oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini planshet qurilmasiga aniq va xatoliklarsiz kiritilayotganligiga ishonch hosil qilish maqsadida tanlanma kuzatuv oʻtkazilildi. O’rganish natijasida tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlariga mos kelayotganligi tekshirildi.