17/10/2023

Joriy yilning 17- oktabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov hamda bosh yuriskonsult R.Gafforovlar tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialida "Aholini ro‘yxatdan o‘tkazish" va "Rasmiy statistika to‘g‘risidagi" Qonun to‘g‘risida seminar o‘tkazildi.

Seminarda "Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijrosini taʻminlash maqsadida aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni o‘tkazish nima uchun zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risidagi” Qonuni mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirish va huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.