2023-yilning 1-oktabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 45 181 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 324 tani tashkil qildi (ulushi 9,6 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Zangiota tumani – 392 ta
- Toshkent tumani – 351 ta
- Qibray tumani – 330 ta
- Chirchiq shahri – 314 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 2 053 ta
- sanoat sohasida – 584 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 426 ta
- boshqa turlar – 498 ta
- qurilish– 225 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 236 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 165 ta
- axborot va aloqa – 66 ta
- tashish va saqlash – 71 ta