16/10/2023

 2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 1 493 tani, shundan qo‘shma korxonalar 534 ta va xorijiy korxonalar 959 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

  • Savdo sohasida – 449 ta
  • Sanoat sohasida – 655 ta
  • Qurilish sohasida – 66 ta
  • Axborot va aloqa sohasida – 12 ta
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 93 ta
  • Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 32 ta
  • Tashish va saqlash sohasida – 30 ta
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 11 ta
  • Boshqa sohalarda – 145 ta