2023- yilning yanvar-sentabr oyida jami 5 550 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 2 238 ta
- sanoat sohasida – 913 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 476 ta
- qurilish sohasida – 360 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 454 ta
- tashish va saqlash sohasida – 187 ta
- axborot va aloqa sohasida – 139 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 76 ta
- boshqa sohalarda – 707 ta