2023- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning barcha tuman va shaharlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi 422,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga (198,0 mlrd. so‘m) to‘g‘ri keldi.