11/10/2023

2023- yil yanvar-avgust oylarida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 13,0 trln. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 20,1 %ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Zangiota (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi (90,9%), Parkent (85,8%), Quyi Chirchiq (82,2 %), Toshkent (86,6 %) tumanlarida kuzatildi.