Toshkent viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning soni 869 ta, salmoqli qismi 723 tasi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatdiki:
- 94,1 foiz korxonalar sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,6 foizga kamaydi;
- yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni jamiga nisbati 3,3 foizni;
- yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 2,5 foizni tashkil etdi.