2023- yil yanvar-avgust oyi yakuni bilan Toshkent viloyatidan 1234,3 mln. AQSh dollari qiymatdagi (2022- yilning shu davriga nisbatan 92,3 %) tovar va xizmatlar eksport qilindi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,7 %ni tashkil etib, bular asosan sanoat tovarlari (63,9 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (11,3 %), turli xil tayyor buyumlar (13,9 %), nooziq-ovqat xom-ashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (3,0 %), kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (4,0 %), shuningdek, mashina va transport asbob-uskunalari (2,8 %) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.




