05/10/2023

Toshkent viloyatida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 6,4 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining (10,0 %ini) tashkil etdi. 2023- yilning yanvar-avgust oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 21,5 %ga oshganligi kuzatildi.