29/09/2023

Joriy yilning 29- sentabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot seminari tashkil etildi va unda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti R.Gafforov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi 848-XII-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi 707-sonli Qonunining 27,28,29,30,31,32-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157, 160, 162, 163-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 5-bandi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.