2023-yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent viloyatida jami 8,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 21,0 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 54,0 %ni hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 25,0 %ni tashkil etdi.