27/09/2023

Joriy yilning 27-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan onlayn seminar tashkil etildi. Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham qatnashdilar. Tadbir jarayonida so‘zga chiqqanlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, bu oʻzgarishlarning aholiga qanday huquq va imkoniyatlar berishi haqida batafsil toʻxtalib oʻtildi.