27/09/2023

Joriy yilning 27- sentabr kuni Statistika agentligi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i B.Irgashev va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i birinchi o'rinbosari E.Urunov hamda Piskent, Oʻrta Chirchiq tumanlari statistika bo‘limi mas'ul xodimlari ishtirokida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida yakka tartibdagi tadbirkorlardan berilgan barcha savollarga javob olinib, ma’lumotlar shakllantirildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.