27/09/2023

Joriy ylining 27- sentabr kuni Toshkent Davlat texnika unversitetining Olmaliq filialida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi “Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish” hamda “Demografiya va mehnat statistikasi” sohalari bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, universitetning professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i U.Sattorov aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo'yicha batafsil tushunchalar berdi.

 Shundan so'ng, Demografiya va mehnat statistikasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari J.Miraliyev so'zga chiqib, viloyatning demografik holati bo‘yicha ma'lumotlar berdi va fikr-mulohaza almashildi.

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.