2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizga ko‘chib kelganlar soni 13 133 kishini tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 510 kishiga kamaygan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent tumaniga - 1 526 kishi, Zangiota tumaniga - 1 425 kishi va Chirchiq shahriga - 1 187 kishi ko‘chib kelgan.