2023- yilning 1- yanvar holatiga Toshkent viloyati bo‘yicha tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 4995 tani tashkil etgan. Bu esa 2021- yilning mos davriga nisbatan 237 taga ko‘p demakdir. 2022- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarning, jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar hajmidagi ulushi 10,2 % ni tashkil etgan.