14/09/2023

Joriy yilning 14- sentyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika boʻlimlarining ijro uchun mas’ul boʻlgan xodimlari ishtirokida seminar oʻtkazildi. Seminarda kelib tushgan xat-hujjatlar bilan ishlash, ish yuritish, ijro intizomini ta’minlash hamda hisobotini yuritish masalalarida atroflicha tushuntirishlar berildi. Seminar ochiq muloqat tarzida oʻtkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar va koʻrsatmalar berildi.