14/09/2023

Joriy yilning 14- sentabr kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish yuzasidan seminar tashkil etildi.

 Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish” boʻlimi boshlig‘i U. Sattorov hamda maktab rahbariyati, o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Seminar jarayonida aholini ro‘yxatdan o‘tkazishning mazmun-mohiyati, uning tarixi, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar va tushintirishlar berildi.