13/09/2023

Joriy yilning 13-sentabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov hamda bosh yuriskonsult R.Gafforovlar tomonidan Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanining 16- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risidagi” Qonuni mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirish va huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.