Joriy yilning yanvar-iyul oylari mobaynida import hajmi 2193,2 mln. AQSh dollarni (2022- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 20,7 %) tashkil etdi.
Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (29,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (17,9 %), nooziq-ovqat xomashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (14,7 %), sanoat tovarlari (16,3 %) hamda kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (10,1 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.