2023- yilning 1- sentabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 44 538 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 285 tani tashkil qildi (ulushi 9,6 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Zangiota tumani – 389 ta
- Toshkent tumani – 346 ta
- Qibray tumani – 324 ta
- Chirchiq shahri – 313 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 231 ta
- sanoat – 576 ta
- qurilish – 221 ta
- savdo – 2 039 ta
- tashish va saqlash – 71 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 419 ta
- axborot va aloqa – 65 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 169 ta
- boshqa turlar – 494 ta