13/09/2023

Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yil yanvar-iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 14 243,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 6,4 %ga oshdi.

Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 2091,0 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 104,6 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 12 152,9 mlrd. so‘mni (106,8%), shu jumladan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1227,6 mlrd. so‘mni (109,6%) tashkil etdi.