11/09/2023

Joriy yilning 11-sentabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari X. Igamberdiyev va “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi K.Kurganova tomonidan Yangiyo‘l tumani, “Xalqobod” MFY, Registon ko‘chasi, 64 uyda istiqomat qiluvchi M. Maksudova va “Xalqobod” MFY, Ziyo ko‘chasi, 33 uyda yashovchi Yu. Xamidov xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvlari amalga oshirildi.

Kuzatuv jarayonida xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.  Kuzatuvlar zamonaviy planshet qurilmalari orqali bevosita so‘rovnoma tarzida o‘tkazildi.