11/09/2023

Toshkent viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2023-yil yanvar-iyul oylarida bu xizmatlarning ulushi 33,0 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport xizmatlari (22,5 %), moliyaviy xizmatlar (14,9 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (4,4 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (3,5 %)da qayd etildi.