2023- yilning yanvar-iyul oylarida Oqqo‘rg‘on tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 560,2 mlrd. so‘mni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,4 %ni tashkil etdi.
Tumanning chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 10,8 mlrd. so‘mni va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 549,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
O‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 5,0 mln. so‘mni tashkil etdi.