06/09/2023

2023-yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, viloyat boʻyicha jami 353,2 ming tonna don ekinlari yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 19,8 %ga ko‘p yetishtirilgan.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan don ekinlari umumiy hajmining 58,5 % i fermer xoʻjaliklariga, 2,0 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 39,6 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelgan.