06/09/2023

Joriy yilning 5-sentabr kuni Statistika agentligida “Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda geoaxborot tizimlaridan foydalanish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Agentlikning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

Ushbu seminarda ishtirokchilarga geoaxborot tizimlari, bunday tizimlarni aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonlarida qo‘llash borasida atroflicha tushuncha berildi. Xususan, Quantum GIS (QGIS) dasturida elektron xaritalar bilan ishlash jarayoni amaliy misollar bilan ko‘rsatib berildi.

<

Ma’lumot uchun: Quantum GIS (QGIS) - ish stoli va server qismidan tashkil topgan bepul platformalararo geoaxborot tizimi bo‘lib, QGIS Desktop - ma'lumotlarni yaratish, tahrirlash, vizualizatsiya va tahlil qilish hamda nashr etish uchun ish stoli hisoblanadi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.