06/09/2023

2023- yilning yanvar-iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 56,2 %ni to‘g‘ri kelib, 2022- yilning mos davriga nisbatan  2,2 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning  yanvar-iyul oylariga nisbatan  104,4 %ni tashkil etgan holda 4284,4 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.