2023 yil yanvar- iyul oylarida Ohangaron tumanida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 168 taga yetdi. Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari soni esa 165 ta. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 225 tani tashkil qildi.
2023 yil 1 avgust holatiga ko‘ra tumanning sanoat yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlari soni 230 tani tashkil etdi va qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar 62 tani tashkil qildi.