Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyul oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1227,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘zgarish sur’ati 109,6 %.
Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarining sotish hajmi 382,0 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 97,8 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 845,6 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 115,9 %) tashkil etdi.