28/08/2023

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 771 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni:

— Toshkent shahri – 8 169 ta

— Toshkent viloyati – 1 438 ta

— Samarqand viloyati – 536 ta

— Farg‘ona viloyati – 447 ta

— Surxondaryo viloyati – 340 ta

— Andijon viloyati – 312 ta

— Buxoro viloyati – 295 ta

— Namangan viloyati – 213 ta

— Navoiy viloyati – 205 ta

— Sirdaryo viloyati – 190 ta

— Jizzax viloyati – 173 ta

— Qashqadaryo viloyati – 166 ta

— Qoraqalpog‘iston R. – 158 ta

— Xorazm viloyati – 129 ta