2023- yil yanvar-iyul oylari yakuni bilan Toshkent viloyatida tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 1084,0 mln. AQSh dollariga (o‘zgarish sur’ati – 92,3 %) va import hajmi 2193,2 mln. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 120,7 %) yetdi. Hisobot davrida -1109,2 mln. AQSh dollari qiymatida salbiy tashqi savdo balansi qayd etildi.