O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumaniga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazir o‘rinbosari S.Boboqulov boshchiligida ishchi guruh tashrif buyurdi.
⚡️Tashrif davomida tuman shtabi faoliyati bilan tanishildi, amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi hamda biriktirilgan idora va tashkilotlar xodimlari bilan asosiy vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.





