Toshkent viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosаrining funksional vazifalari:

- boshqarma boshlig‘i yo‘qligi vaqtida boshqarma faoliyatiga vaqtincha rahbarlik qiladi;

- boshqarmaning barcha tarmoq, hududiy statistika bo‘limlari tomonidan dasturlar bo‘yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

- viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarinig bajarilishi ustidan Milliy statistika qo‘mitasi kuzatuvlarini tashkil etadi;

- viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni tayyorlash, ularni chop etish va bеlgilangan davlat organlariga yuborilishini nazorat qiladi;

- boshqarmada tashkil etilgan ishchi komissiya yig‘ilishlarida statistika ishlari dasturining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, hisobot ko‘rsatkichlarini tеzkorligi, haqqoniyligi va xolisligini ta’minlash masalalari, statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqishi uchun tayyorlaydi;

- boshqarmaning barcha tarmoq va hududiy statistika bo‘limlari xalq xo‘jaligidan qo‘shimcha mablag‘ topishini (konsalting xizmatlari) nazoratini yuritadi;

- biriktirilgan boshqarmaning tarmoq va hududiy statistika bo‘limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni tayyorlash va tayinlash bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritadi;

- biriktirilgan barcha bo‘limlar faoliyatini hamda ulardagi statistik ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi, to‘liqliligi, dolzarbligini nazorat qiladi va ta’minlaydi;

- biriktirilgan tarmoq ma’lumotlarini qonuniyligini o‘rganib, tеgishli sohalar dasturlari va boshqa ma’lumotlarni tayyorlashda, muhokama yig‘ilishlarida ishtirok etish va imzolash vakolatlaridan foydalanadi hamda imzolangan ma’lumotlarning javobgarligini o‘z zimmasiga oladi;

- biriktirilgan hududiy statistika bo‘limlarining faoliyatini nazorat qiladi va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli takliflarni tayyorlaydi;

- boshqarmada qo‘llanilayotgan ma’muriy jarimalarni imzolaydi hamda ularning qonuniyligini va bеlgilangan tartib asosida ijro etilishini ta’minlaydi;

Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari: Sanoat va energetika statistikasi bo‘limi, Invеstitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi, Xizmatlar va savdo statistikasi bo‘limi, Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit statistikasi bo‘limi, Tadbirkorlik subyektlari kuzatuvlari bo‘limlari faoliyatini nazorat qiladi.