Bugun Zangiota tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari L.Mirsoatov hamda Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov ishtirokida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlariga bagʻishlangan ishchi uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlari doirasida, xususan, qishloq xoʻjaligida foydalanilayotgan yer maydonlariga aniqlik kiritish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tuman xaritasi asosida mavjud yer resurslari, ularning toifalari hamda hisobini aniq yuritish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, roʻyxatga olish jarayonlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, statistika maʼlumotlarining haqqoniyligi va ishonchliligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur ishchi muloqotda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda aniq statistik ma’lumotlar bazasini shakllantirish lozimligi ta‘kidlandi





