18/08/2021

Ishga taklif qilamiz ! 

2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri va Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi.

Mazkur tadbirda ishtirok etish xohishi bo‘lgan talabgorlar quyidagi lavozimlarga ishga taklif etiladi:

Ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i;

• Ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i o‘rinbosari;

• Instruktorlik uchastkasi instruktori;

Instruktorlik uchastkasidagi stasionar ro‘yxatga oluvchi;

• Hisob uchastkasida ro‘yxatga oluvchi.

Nomzodlar har bir lavozimga qo‘yilgan talablar asosida hududiy komissiyalar tomonidan tanlab olinadi. Tanlovdan o‘tgan talabgorlar hududiy statistika organlari tomonidan shartnoma asosida ishga qabul qilinadi.

☎️ (+998 71) 202-81-75

Tugmani bosing Tinglash GSpeech