Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.(So`rovnomaga o`tish>>>)

 
"Call centre" aloqa markazi : (71) 203-45-00

Hududiy dehqon bozorlaridagi ayrim mahsulotlarning o'rtacha narxlari (27-aprel holatiga)

Sabzi

Sabzi 1kg (so'm)

3527 so'm

Kartoshka

Kartoshka 1kg (so'm)

4771 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

2837 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

2308 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti 1kg (so'm)

64485 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti 1kg (so'm)

69861 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

26068 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

6646 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

11129 so'm

Bodring

Bodring 1kg (so'm)

11145 so'm

Pomidor

Pomidor 1kg (so'm)

17182 so'm

Un

Bug'doy uni 1kg (so'm)

5307 so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Shaxmat bo'yicha sport musobaqasi tashkil etildi

So'nggi vaqtlarda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashda aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta'minlash uchun ommaviy jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Ma'lumki, musobaqalar va sport tadbirlari ko'rgazmali tashviqotning ishonchli vositasi bo'lib, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish va targ'ib qilishda katta ahamiyatga ega.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish vа ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4954-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha shu yilning 21- aprel kuni Davlat statistika qo'mitasida “Shaxmat kuni” tashkil etildi. Unda markaziy apparati boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

images

Aytish lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishdir. Covid–19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

2021-yilning yanvar-mart oylarida O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining holati

Infografika

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida respublika byudjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 6,5 % ni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi hamda hududdagi jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 10,9 % ini tashkil etdi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 10,1 %, Sirdaryo viloyatida 7,5 % va Xorazm viloyatida 7,0 % ga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida bajarilgan qurilish ishlarida kichik tadbirkorlik subektlarining ulushi 72,4 %ga teng bo‘lib, hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar  Sirdaryo (97,5 %), Jizzax (96,3 %) va Andijon (93,4 %) viloyatlarida qayd etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda respublikamizda jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 8,9 % ni tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash