08/05/2024

Toshkent viloyati bo‘yicha 2024- yil yanvar-mart oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 6 705,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan  110,1 %ga yetdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi  902,2 mlrd. so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 5 803,4 mlrd. so‘mni o‘tgan yilga nisbatan 111,9 %ni tashkil etdi.

Toshkent viloyatida chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulush Olmaliq shaharda - 8,5 %ni va hajmi 569,4 mlrd. so‘m, Zangiota tumanida - 12,3 %ni va hajmi 826,5 mlrd. so‘m, Toshkent tumanida - 8,4 %ni va hajmi 560,4 mlrd. so‘m hissasiga toʻgʻri keldi.