03/05/2024

Joriy yilning 3-may kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi kurashish - “Komplayens nazorati” davr talabi mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti K.Urazbayev hamda tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasida olib borilayotgan amaliy ishlar hamda qabul qilingan meyoriy hujjatlar toʻgʻrisida va Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me'yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimi haqida aytib o‘tildi.