Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.(So`rovnomaga o`tish>>>)

Hududiy dehqon bozorlaridagi ayrim mahsulotlarning o'rtacha narxlari (30-noyabr holatiga)

Sabzi

Sabzi 1kg (so'm)

2362 so'm

Kartoshka

Kartoshka 1kg (so'm)

4059 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

2032 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

1920 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti 1kg (so'm)

61247 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti 1kg (so'm)

68924 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

23835 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

5180 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

10868 so'm

Bodring

Bodring 1kg (so'm)

13825 so'm

Pomidor

Pomidor 1kg (so'm)

8613 so'm

Un

Bug'doy uni 1kg (so'm)

5112 so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Shu masala yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov, sektorlar rahbarlari, tegishli davlat idoralari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

– Har qanday jamiyat uchun jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biri sanaladi, – dedi R.Xolmatov. – Ayrim holatlarda yetarli darajada ish va hayot tajribasiga ega bo‘lmaslik oqibatida ham korrupsiya holatlari uchramoqda. Shu bois, har bir rahbar qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari asosida ishni to‘g‘ri tashkil etishi shart.

Viloyatda so‘nggi ikki yilda 413 nafar mansabdor turli ko‘rinishdagi korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan. Bunday jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdori 42 milliard so‘mdan oshadi.

O‘tgan va joriy yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusi bilan o‘tkazilgan tekshiruvlarda 35 milliard so‘mlik moddiy zarar fosh etilgan bo‘lsa, davlat moliyaviy nazorati idoralari tashabbusi bilan yana 18,6 milliard so‘mlik shunaqa holatlar aniqlangan. Shuningdek, prokuratura tashabbusi bilan mazkur yo‘nalishda o‘tkazilgan tekshirishlar asosida 10 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xususan, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi bosh iqtisodchisi yangi qurilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash uchun o‘zi norasmiy rahbarlik qilayotgan “Abror tex ta’minot” MCHJdan muzlatgich va boshqa maishiy buyumlarni jami 258 million so‘mga yuqori narxda xarid qilgan. Mazkur holatlar yuzasidan JKning 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tadbirda moliya organlarining 7 nafar xodimi korrupsiyaga qo‘l urgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani, ushbu idorada aniqlangan qonun buzilishi holatlarini yashirish, tekshirish o‘tkazmaslik, byudjetdan ajratilgan mablag‘ni o‘z vaqtida o‘tkazib bermaslik holatlari yuz bergani aytib o‘tildi.

Ta’kidlash joizki, Olmaliq shahar moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E. tug‘ruq kompleksi bosh shifokori T.dan kompleksga qo‘shimcha 10 ta shtat ajratish masalasini hal qilib berish evaziga 800 dollar olgani uchun sud hukmi bilan jazoga tortilgan.

Yangiyo‘l tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Yu. “Valiyev Invest baraka” fermer xo‘jaligi rahbari Valiyev bilan til biriktirib, xo‘jalikning 30 sotix yer maydonini soxta kadastr hujjatlari rasmiylashtirish orqali yaqin qarindoshlari nomiga o‘tkazib, keyinchalik boshqa shaxslarga jami 38 ming 400 dollarga sotib yuborgan.

Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari A. 16 noyabr kuni hududdagi “Totuvlik” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 15 sotix yer maydoniga umrbod egalik qilish haqidagi qaror chiqarib berishda amaliy yordam ko‘rsatish evaziga fuqaro Atakulovdan 15 ming dollarni pora tariqasida talab qilib, 5 mingini olgan vaqtida ushlangan.

Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun 3 marta sudlangan Sh.ga yana imkon berilib, unga Oqqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasining fuqarolar mudofaasi bo‘yicha mutaxassisi vazifasida ish berilgan edi. Biroq “O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas” deganlaridek, Sh. sud hukmiga asosan ozodlikni cheklash jazosini o‘tab kelayotganiga qaramay qayta jinoyatga qo‘l urdi. U ishga kiritib qo‘yish evaziga Baymatovadan 300 dollar, Yusupaliyevadan 1 million 450 ming so‘m va 100 dollar, Qoraboyevadan 400 dollar va 900 ming so‘m, Turg‘unovadan 100 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida sarflab yuborgan.

Yig‘ilish yakunida ma’ruzada keltirilgan tashkilot va idoralar rahbarlarining tushuntirishlari eshitildi.

 

Toshvil.uz

Tugmani bosing Tinglash