Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Joriy yilning 22- iyun sanasidan boshlab, Toshkent viloyati statistika boshqarmasiga telefon tarmog‘i orqali murojaat qiluvchilar (71) 230-xx-xx raqamlari o‘rniga (71) 202-xx-xx raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Hududiy dehqon bozorlaridagi ayrim mahsulotlarning o'rtacha narxlari (21-Iyul holatiga)

Sabzi

Sabzi 1kg (so'm)

2179 so'm

Kartoshka

Kartoshka 1kg (so'm)

3816 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

785 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

1733 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti 1kg (so'm)

55983 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti 1kg (so'm)

59210 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

24133 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

4920 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

8691 so'm

Bodring

Bodring 1kg (so'm)

2728 so'm

Pomidor

Pomidor 1kg (so'm)

3983 so'm

Un

Bug'doy uni 1kg (so'm)

4912 so'm

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Яндекс.Погода

TADBIRKORLAR UCHUN

 

 

Bular – Qibray, Toshkent, Zangiota, Yangiyo'l va Parkent tumanlaridir.

Bugun, 20 iyulda Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov viloyatdagi epidemiologik vaziyat yuzasidan murojaat bilan chiqdi.

Xolmatovning so'zlariga ko'ra, Toshkent viloyatida jami kasallanish holatlari 1892tani tashkil etadi. Shundan 936 kishi sog'aygan.

"Kecha [19 iyul] viloyat bo'yicha kasallanganlar soni 78 nafarni tashkil etgan bo'lsa, 58 nafari kechaning o'zida sog'aygan. Demak, bugungi holatga ko'ra, davolanayotganlar soni 947 nafarni tashkil etyapti.

Shulardan 244 nafari stasionar sharoitda (Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida – 68, Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida – 33, respublika muassasalarida – 143 nafar), uy sharoitida esa 703 nafar bemor davolanmoqda.

Kasallik engil shaklda alomatlarsiz kechayotgan uy sharoitida davolanayotganlarning to'liq izolyasiya holatida bo'lishlarini ta'minlash maqsadida hamda ularga tibbiy xizmat ko'rsatish (onlayn tarzda tibbiy maslahat va xonadoniga borish), zaruriy oziq-ovqatlar, immunitetni ko'taruvchi dori-darmonlar va boshqa zaruriy ehtiyoj mollarini etkazib berish maqsadida 31ta mobil guruh faoliyati yo'lga qo'yildi.

Oldimizda turgan eng katta vazifalardan biri – tibbiyot muassasalarida tez tibbiy yordam uchun shart-sharoitlarni yaratish. Bugungi kunda viloyatimizdagi faqat shahar va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarida 905 o'rinli zaxira mavjud. Bundan tashqari, yana sihatgoh va sanatoriylarda 10 mingta o'rin zaxirasini yaratish ishlari ketyapti.

Ikkinchidan, dori-darmonlar masalasi. Prezident topshirig'iga ko'ra, 10 mlrd so'm o'tkazildi, yana qo'shimcha mablag'larimiz bor. Sog'liqni saqlash muassasalarida 9 turdagi zaruriy dori-darmon vositalaridan 5 turi mavjud bo'lib, bu 5 kunlik zaxirani tashkil etadi.

Viloyat hududida infektsiyaga qarshi ishlatiladigan 9 xil turdagi dori – darmonlarning 3 oylik (293 mln so'mlik) zaxirasi jamlandi. Bundan tashqari, COVID-19 va uning asoratlarini davolashda ishlatiladigan 49 xil turdagi dorilar ehtiyoji va zarur mablag'hisoblab chiqildi (3 oylik dori-darmon ehtiyoji uchun 27 mlrd so'm mablag'kerak bo'ladi).

Uchinchidan, koronavirus kasalligini viloyat tumanlaridagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, davolash usullarini ishlab chiqish. Stasionar, uy sharoitida davolanayotganlar va karantinga olingan fuqarolar bilan ishlash bo'yicha mexanizm yaratamiz.

Shu bilan birga, joylarda fuqarolarni kasallikdan profilaktika qilish uchun targ'ibot-tashviqot olib boramiz. 286ta targ'ibot-tashviqot tadbirlari amalga oshirildi. Jumladan, 178ta PPX patrul avtomashinasining ovoz chiqaruvchi vositasi bilan va 79ta mobil ovoz kuchaytiruvchi stantsiyalari bilan shuningdek, karantin qoidalariga rioya etish bo'yicha 2 311ta targ'ibot suhbatlar o'tkazildi.

Bosh vazir Abdulla Aripov viloyatga tashrif buyurib, shifokorlar, mutasaddilar bilan birgalikda yig'ilish o'tkazdi. Unga ko'ra, viloyat shifoxonalariga 80ta tez yordam mashinasi olib kelinadi. Bir qismi bugun etib keladi.

Joylarda 237ta tez tibbiy yordam guruhlari bo'lsa, ularga qo'shimcha 114ta tez tibbiy yordam guruhlari tashkil qilinadi.

Test topshirish bo'yicha gapiradigan bo'lsak, viloyat Seomda 4ta PZR apparati ishlab turibdi. Toshkent, Yangiyo'l, Zangiota tumanlarida bittadan laboratoriya ishga tushirildi. Viloyatda jami 7ta PZR apparatida tahlillar o'tkazilyapti.

Bugun Qibray tumaniga olib keldik, laborant-xodimlar o'qitilyapti. Olmaliq shahri, Bekobod tumani va ularga yaqin hududlarga shunaqa apparatlar olib kelish rejalashtirilyapti.

Viloyatda 132ta poliklinika bo'lsa, ayrimlari 24 soatlik ish rejimiga o'tkaziladi. Barcha imkoniyatlarimiz etarli.

Viloyatimizda kasallanganlarning asosiy qismi – 60 foizi 5ta tuman: Qibray, Toshkent, Zangiota, Yangiyo'l, Parkent hissasiga to'g'ri keladi. Kasallanish darajasi yuqori bo'lgan hududlarga alohida e'tibor beryapmiz", – dedi Rustam Xolmatov.

Ma'lum qilinishicha, ayni paytda Toshkent viloyatida 7 mingta test jamlamasi zaxirasi bor.

 

Toshvil.uz

Tugmani bosing Tinglash