Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Joriy yilning 22- iyun sanasidan boshlab, Toshkent viloyati statistika boshqarmasiga telefon tarmog‘i orqali murojaat qiluvchilar (71) 230-xx-xx raqamlari o‘rniga (71) 202-xx-xx raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Hududiy dehqon bozorlaridagi ayrim mahsulotlarning o'rtacha narxlari (21-Iyul holatiga)

Sabzi

Sabzi 1kg (so'm)

2179 so'm

Kartoshka

Kartoshka 1kg (so'm)

3816 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

785 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

1733 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti 1kg (so'm)

55983 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti 1kg (so'm)

59210 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

24133 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

4920 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

8691 so'm

Bodring

Bodring 1kg (so'm)

2728 so'm

Pomidor

Pomidor 1kg (so'm)

3983 so'm

Un

Bug'doy uni 1kg (so'm)

4912 so'm

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Яндекс.Погода

TADBIRKORLAR UCHUN

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi tibbiy xodimlari shifoxonadan ketib qolgani, muassasa yopilgani mazmunidagi fikrlar tarqalmoqda.

Aslida bu – yolg'on axborot bo'lib, haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yuldasheva viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i To'raqul Arziqulovga rasman xat orqali murojaat qilib, 11-15 iyul kunlari mazkur shifoxonada dezinfektsiya, deratizasiya, yuvish va chayish ishlarini olib borishga ruxsat so'ragan.
Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasining roziligi asosida, ayni paytda Chirchiq shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida infektsiya tarqalishining oldini olish maqsadida yuqoridagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, shifoxonaning tibbiy xodimlarning karantin sharoitidagi mehnat faoliyatini baholashda, ularni rag'batlashtirishda mavjud huquqiy hujjatlarga rioya etilmagani, karantinga olinganlar, koronavirus infektsiyasi bilan og'rigan bemorlarni davolashda ishtiroki munosib baholanmayotgani mazmunidagi ijtimoiy tarmoqlarga bayonot berishgan.

Viloyat moliya bosh boshqarmasi, sog'liqni saqlash boshqarmasi ushbu holatlar bo'yicha bir necha marta shifoxona xodimlari bilan uchrashishgan, mavjud Qonunchilik bo'yicha belgilangan me'yorlar tushuntirilgan. Ya'ni, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bemorlarni davolash bilan shug'ullanmagani, karantinga olingan fuqarolarni laborator tahlillarni olish, infektsiya aniqlangan bemorlarni maxsus shifoxonalarga yo'llanma asosida yuborishda qatnashganlar. Bu holatda ular to'liq tsiklda 14 kun davomida bemorlarni davolashda ishtirok etmagani inobatga olinadi va moddiy rag'batlantirish tartibi shu jihatga asosan, bevosita bemorlarni davolashda qatnashgan shifokorlar bilan bir xil bo'lmaydi.
Albatta, karantin tartiblari yanada kuchaytirilgan, bemorlar soni oshib borayotgan hozirgi paytda shifokorlar bilan bunday tushunmovchilik yuzaga kelayotgani yoqimsiz holat. Lekin, hech kim, hech bir tashkilot va idora O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori hamda Respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilangan me'yorlarni o'zgartirgan holda qo'shimcha rag'batlantirishni amalga oshirishga haqli emas.

Ma'lumot o'rnida, ayni paytga qadar viloyatda koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shifokorlarni moddiy rag'batlantirishga jami 15 milliard 900 million so'm mablag'sarflandi. 4 ming 829 nafar tibbiyot xodimining oylik maoshiga qo'shimcha 6 foiz moddiy rag'batlantirish ajratildi. Bu maqsadda jami 9 milliard 200 million so'm mablag'yo'naltirilgan. Koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qatnashgan 333 nafar shifokorlar 14 kunlik faoliyati uchun jami 6 milliard 700 million so'm miqdorida moddiy rag'batlantirilgan.

Tugmani bosing Tinglash