Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Xoʼjalik yurituvchi subʼyektlar diqqatiga! oyning 5 sanasidan kechiktirmay 1-K shakli oylik (Tashkilot faoliyati toʼgʼrisida) hisobotini eStat 3.0 avtomatlashtirilgan tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishlari lozimligi yuzasidan ogohlantirib oʼtamiz

Toshkent viloyat statistika boshqarmasida"Call centre" tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon :(+998971)230-86-76

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (19-May holatiga)

Sabzi

Sabzi1kg (so'm)

2368 so'm

Kartoshka

Kartoshka1kg (so'm)

4595 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

1816 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

2642,5so'm

Mol go`shti

Mol go`shti1kg (so'm)

55194 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti1kg (so'm)

57875 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

23700 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

4918 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

8863 сум

Bodring

Bodring1kg(so'm)

4758 сум

TADBIRKORLAR UCHUN

Xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika ishchi guruhi Oqqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi Qudratilla Rafiqov, Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov ishtirokida tumandagi xotin-qizlarning bandligi masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
 
Tuman hokimi qarori bilan har bir xotin-qizga bir gektardan, jami 50 gektar yer maydoni ajratilib, kooperasiya tashkil etishga qaror qilindi. Tadbir davomida har bir xotin-qizga yerdan foydalanish huquqini beruvchi sertifikat topshirildi. Bundan tashqari, ularning dala ishlariga yordam tariqasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan 382 million so‘mlik New Holding TD 5 rusumli traktor sovg‘a qilindi hamda dala shiyponi uchun 300 million so‘mlik mablag‘ ajratildi.
 
Davlatimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan benihoyat mamnun ekanligini ta’kidlagan xotin-qizlar, bundan keyin ham o‘z vazifasini sidqidildan bajarishga va’da berishdi.
 
Shundan keyin mehmonlar Oqqo‘rg‘on tuman hokimi Farhod Omonovlar hamrohligida manzilli dastur yo‘nalishi asosida qaytadan tamirlanayotgan “Xotira maydoni”ga tashrif buyurishdi. Dastlab zamonaviy arxitektura asosida barpo etilayotgan Tarix va o‘lkashunoslik muzeyida bo‘lishdi. Muzey direktori E.Toshpo‘latov “Xotira maydoni” majmuasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
 
Mehmonlar xususiy tadbirkor D.Usmonova tomonidan qurilgan “Shirintoy” nomli xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘lib, yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi. Xususiy tadbirkorga Respublika kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan boqchani jihozlash uchun 500 000 000 so‘m pul mablag‘i ajratildi.
 
Shundan keyin Respublika ishchi guruhi a’zolari tumandagi “Shamalak dam olish sayilgohi”ga tashrif buyurishdi. 2018 yil 5 yanvarda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tumanga tashrifi davomida berilgan topshirig‘i bo‘yicha sayilgohda bajarilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Marupov axborot berdi.
 
Shuningdek, mehmonlar “Oqqo‘rg‘on Baraka chevarlari” tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, yoshlarning o‘z kasbiga bo‘lgan shijoatini ko‘rib, xursand bo‘lishdi. Respublika kasaba uyushmasi Federasiyasi tomonidan ushbu tikuvchilik korxonasi uchun 200 dona zamonaviy rusumdagi tikuv mashinasi bilan jihozlash taklifi bildirilib, ma’qullandi.
 
Tashrif yakunida Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi barcha shahar va tumanlardan tashrif buyurgan ehtiyojmand ayollarni ijtimoy himoya qilish maqsadida ularga turli xildagi maishiy uy-ro‘zg‘or buyumlari topshirildi.
Tugmani bosing Tinglash