Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Xoʼjalik yurituvchi subʼyektlar diqqatiga! oyning 5 sanasidan kechiktirmay 1-K shakli oylik (Tashkilot faoliyati toʼgʼrisida) hisobotini eStat 3.0 avtomatlashtirilgan tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishlari lozimligi yuzasidan ogohlantirib oʼtamiz

Toshkent viloyat statistika boshqarmasida"Call centre" tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon :(+998971)230-86-76

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (19-May holatiga)

Sabzi

Sabzi1kg (so'm)

2368 so'm

Kartoshka

Kartoshka1kg (so'm)

4595 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

1816 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

2642,5so'm

Mol go`shti

Mol go`shti1kg (so'm)

55194 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti1kg (so'm)

57875 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

23700 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

4918 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

8863 сум

Bodring

Bodring1kg(so'm)

4758 сум

TADBIRKORLAR UCHUN

Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi, hududda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Toshkent viloyati hokimi Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi“ ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
 

Shuningdek, Toshkent viloyatida ommaviy sport targ‘iboti, uning jismoniy va ma’naviy barkamollikning asosi ekanini targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish borasidagi mehnati, malakali kadrlarni tayyorlashdagi jonbozligi uchun ham Rustam Qurbonnazarovich yuksak mukofotga loyiq ko‘rildi.
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 332-sonli qaroriga muvofiq “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan bo‘lib, ko‘krak nishoni bilan Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlari hamda jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan, Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan sportchilarning trenerlari, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida sidqidildan mehnat qilayotgan, respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatayotgan tajribali, yetuk jismoniy tarbiya va sport sohasi vakillari taqdirlanadilar.
Tugmani bosing Tinglash