Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Xoʼjalik yurituvchi subʼyektlar diqqatiga! oyning 5 sanasidan kechiktirmay 1-K shakli oylik (Tashkilot faoliyati toʼgʼrisida) hisobotini eStat 3.0 avtomatlashtirilgan tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishlari lozimligi yuzasidan ogohlantirib oʼtamiz

Toshkent viloyat statistika boshqarmasida"Call centre" tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon :(+998971)230-86-76

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (24-Mart HOLATIGA)

Sabzi

Sabzi1kg (so'm)

2255 so'm

Kartoshka

Kartoshka1kg (so'm)

3964 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

2083 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

2123 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti1kg (so'm)

54206 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti1kg (so'm)

55608 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

23616 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

4640 so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

Nurafshon shahrida xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada dolzarb ahamiyatga molik yettita muhim masala ko‘rib chiqildi.
 
Kun tartibidagi birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-dekabrdagi mamlakat yoshlari bilan uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yasash, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash to‘g‘risida viloyat to‘rtta sektori rahbarining axborotlari eshitildi.
 
Jumladan, birinchi sektor rahbari – viloyat hokimi, senator Rustam Xolmatov o‘z axborotida kun tartibidagi masala yuzasidan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijalari xususida batafsil to‘xtaldi.
 
Ta’kidlanishicha, joriy yil boshidan buyon barcha sektor rahbarlari joylarda yoshlar bilan yuzma yuz muloqotlar o‘tkazib, ularning muammolarini chuqur va atroflicha o‘rganishgan. Shulardan kelib chiqib, ilgari surilgan muammolarning ijobiy yechimlarini topish yuzasidan aniq manzilli reja ishlab chiqilgan hamda uni amalga oshirish maqsadida viloyat hokimligi huzurida yoshlarning bandlik darajasini oshirish masalalarida tizimli ish tashkil etish bo‘yicha viloyat Shtabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi huzurida monitoring Shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
 
Rustam Xolmatovning e’tirof etishicha, bugungi kunda viloyatda istiqomat qilayotgan qariyb 3 mln. aholining 525 ming 289 nafarini 18-30 yoshgacha bo‘lgan yosh avlod vakillari tashkil etadi. Ularning eng katta muammosi esa, ishsizlikdir. Xususan, viloyat yoshlarining 8 foizi yoki 21 ming 298 nafari ish bilan band bo‘lmagan, ularning 12 ming 798 nafari uyushmagan, 7 ming 913 nafari ta’lim muassasalarini tamomlab, ish topa olmagan, 378 nafari imkoniyati cheklangan va 209 nafari jazoni o‘tash muassasalaridan ozod bo‘lgan yoshlardir.
Ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha barcha imkoniyat va resurslarni jalb etgan holda “Manzilli reja” va “Yo‘l xaritasi” loyihalari ishlab chiqildi.
 
“Manzilli reja” loyihasi doirasida joriy yilda viloyatdagi ish bilan band bo‘lmagan yoshlarning 68 foizini, ya’ni 14 ming 537 nafarining bandligini ta’minlash nazarda tutilgan.
 
Jumladan, birinchi sektor rahbari, viloyat hokimi 3361 nafar, ikkinchi sektor rahbari, viloyat prokurori 3504 nafar, uchinchi sektor rahbari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i 3722 nafar va to‘rtinchi sektor rahbari, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i 3950 nafar yoshlarni yo‘nalishlar va sohalar kesimida bandligini ta’minlash mas’uliyatini zimmasiga olgan.
 
Viloyat rahbarining so‘zlaridan anglashildiki, ishsiz yoshlarning asosiy qismi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Shundan kelib chiqib, yoshlar bandligini ta’minlash masalasida ularni birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi sohasida ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari ustuvor o‘rin tutadi. Ya’ni, joriy yilda agrar sohada yoshlar uchun jami 3 ming 577 ta ish o‘rni yaratilishi nazarda tutilgan bo‘lib, paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishida 283, bog‘dorchilikda 393, chorvachilikda 656, baliqchilikda 288, asalarichilikda 242, pillachilikda 328, tomorqa xo‘jaligida 738 nafar yosh ish bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, har bir tumanda g‘alladan bo‘shagan maydonlardan yer ajratish orqali 649 nafar yoshning daromadga ega bo‘lishi choralari ko‘riladi. Qolaversa, har bir tumanda foydalanishdan chiqib ketgan yuzlab gektar yer maydonlarini yoshlarga maqsadli foydalanish uchun bo‘lib berilishi rejalashtirilmoqda.
 
Shuningdek, yoshlarni qurilish otryadlariga jalb etish orqali 1 ming 914,
 
Tadbirkorlikka yo‘naltirish bilan 4430 nafar yoshlar ishga joylanadi.
 
Bundan tashqari, Bandlik jamg‘armasi tomonidan haq to‘lanadigan jamoat ishlariga 149, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 264, “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturiga ko‘ra 217, joylarda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazish orqali 347 va boshqa yo‘nalishlarda 342 nafar yoshlarning bandligi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.
 
Ushbu masala bo‘yicha, shuningdek, viloyat ikkinchi sektori rahbari – viloyat prokurori Salom Samadov, uchinchi sektori rahbari – viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Tohir Aripov, to‘rtinchi sektori rahbari – viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Abdujalil Qurbonov ham deputatlarga axborot berishdi.
 
Axborotlarda sektorlarga tegishli hududlarda yoshlar bandligini ta’minlash, kasbga yo‘naltirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari, istiqboldagi sa’y-harakatlar, kutilayotgan o‘zgarishlar, reja-maqsadlar batafsil bayon etildi.
O‘z navbatida, ma’ruzachilar deputatlarni qiziqtirgan qator savollarga ham javoblar qaytarishdi.
 
Muhokamalarda xalq noiblari tomonidan viloyatda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan taklif-mulohazalar bildirilib, sektor rahbarlarining axborotlari ma’qullandi hamda bu haqida Xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
 
Deputatlar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq, xalq deputatlari viloyat Kengashining chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqdilar.
 
Mazkur masala bo‘yicha xalq deputatlari viloyat Kengashining raisi, viloyat hokimi Rustam Xolmatov ma’ruza qildi.
 
Qayd etilganidek, ushbu rejada Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini viloyat sharoitidan kelib chiqqan holda ta’minlash ko‘zda tutilgan.
 
Xususan, 2020 yil 1 apreldan boshlab Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartib joriy etilmoqda. Shu bilan birga, respublikaning boshqa hududlarida doimiy propiskada turuvchi fuqarolar tomonidan Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasi bekor qilinadi.
 
Viloyat aholisining bandlik darajasini oshirish maqsadida barcha shahar va tumanlarda bosqichma-bosqich “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasbga tayyorlash markazlari tashkil etiladi. Shuningdek, kasbga o‘qish istagini bildirgan yolg‘iz va ko‘p bolali ayollar, ishsizlar, yoshlar uchun kundalik hayotda ehtiyoj yuqori bo‘lgan sohalar, xususan tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kasbga o‘rgatish kurslari faoliyati, byudjet mablag‘lari hisobidan ilg‘or tadbirkorlik loyihalariga grantlar ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
 
Yaqin muddatlarda tadbirkorlik yaxshi rivojlangan va aholi zich joylashgan hududlar atrofida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan va bo‘sh turgan yer maydonlari aniqlanib, ularda kichik sanoat zonalarini tashkil etish va ularni infratuzilma bilan ta’minlash uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish choralari ko‘riladi.
 
O‘z navbatida, har bir tumanda dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholi ro‘yxati shakllantirilib, qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan yerlar talabgorlarga taqsimlab beriladi va ular kooperasiyalarga biriktiriladi.
 
Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus” loyihasini moliyalashtirish doirasida “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari”, “Ishga marhamat” monomarkazlari va “Yoshlar texnopark”larida yoshlarga raqamli texnologiyalarni o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etiladi.
 
Umuman, Davlat dasturida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar doirasida viloyatda barcha sohalarda aholi turmush farovonligini yuksaltirish, shahar va qishloqlarni yanada obod qilish, viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha kompleks ishlar tizimli yo‘lga qo‘yiladi.
 
Deputatlar ushbu masala yuzasidan muhokamalarda faol qatnashib, viloyat Kengashining chora-tadbirlari rejasini yanada takomillashtirish bo‘yicha qator asoslangan takliflarini bildirishganidan so‘ng, ushbu rejani amaliyotga joriy etish haqida tegishli qaror qabul qilindi.
Kun tartibidagi uchinchi masala – Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi bo‘shab qolgan o‘ringa 14-Bekobod saylov okrugida 2020 yilning 1 mart kuni o‘tkazilgan saylov yakuni bo‘yicha Toshkent viloyati saylov komissiyasi raisi J.Nasredinov axborot berdi. Ta’kidlanganidek, viloyat saylov komissiyasi mazkur saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga rioya etgan holda saylovning qonuniy, adolatli, oshkora va haqqoniy o‘tishi uchun barcha choralarni ko‘rdi. Saylovda ro‘yxatga olingan 34 463 nafar saylovchining 22 411 nafari yoki 65 foizi qatnashib, beshta partiyadan ko‘rsatilgan besh nafar nomzod uchun ovoz berdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat Kengashidan ko‘rsatilgan nomzod, “Yuksalish” umummilliy harakatining Toshkent viloyatidagi hududiy bo‘linmasi rahbari Saidov Toxir To‘lanbayevichga jami saylovchilarning 12 377 nafari yoki 55,2 foizi ovoz berdi. Viloyat saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan Saidov Toxir To‘lanbayevich 14-Bekobod saylov okrugidan Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati etib ro‘yxatga olindi. Deputatlar viloyat saylov komissiyasining ushbu qarorini ma’qulladilar. Shuningdek, sessiyada Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sessiyalar oralig‘ida qabul qilingan ayrim qarorlarini tasdiqlash haqidagi masala ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, Toshkent viloyati hokimining 2020 yil 5 fevraldagi Umaraliyev Akmal Akbaraliyevichni Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari; 2020 yil 19 fevraldagi Mullaxanov Boxodirbek Mullaxonovichni Toshkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari; Xakimov Shuxrat Jurabayevichni Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari; Xudaybergenov Ilxomboy Tilavbayevichni Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i; 2020 yil 2 martdagi viloyat hokimligi ijro apparati guruhi bosh mutaxassisi Sharipov Yunusxon Tursunovichni viloyat hokimligi ijro apparati guruhi rahbari lavozimiga o‘tkazish; Sheraliyev Raxmatillani viloyat hokimining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorlari tasdiqlandi.
 
Sessiyada boshqa tashkiliy masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
 
Xulosa o‘rnida aytganda, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq to‘rtinchi sessiyasi faol tarzda, yuqori ishchanlik ruhida o‘tdi. Unda qabul qilingan qarorlar ijrosi viloyatimiz aholisining huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, odamlarimiz, xususan, yoshlarimizning ertangi farovon hayoti yo‘lida xizmat qilishi tabiiy.
Tugmani bosing Tinglash