Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Xoʼjalik yurituvchi subʼyektlar diqqatiga! oyning 5 sanasidan kechiktirmay 1-K shakli oylik (Tashkilot faoliyati toʼgʼrisida) hisobotini eStat 3.0 avtomatlashtirilgan tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishlari lozimligi yuzasidan ogohlantirib oʼtamiz

Toshkent viloyat statistika boshqarmasida"Call centre" tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon :(+998971)230-86-76

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (24-Mart HOLATIGA)

Sabzi

Sabzi1kg (so'm)

2255 so'm

Kartoshka

Kartoshka1kg (so'm)

3964 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

2083 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

2123 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti1kg (so'm)

54206 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti1kg (so'm)

55608 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

23616 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

4640 so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilganligining 24 yilligi munosabati bilan Nurafshonda tantanali marosim o‘tkazildi

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi majlislar zalida 4 mart – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilganining 24 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
 
Tadbirda viloyat hokimi Rustam Xolmatov ishtirok etdi va boshqarma shaxsiy tarkibini kasb bayrami bilan tabrikladi.
 
Viloyat hokimi bugungi kunda favqulodda vaziyatlar vazirligi, xususan, vazirlikning viloyat boshqarmasi tizimida yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan xizmatchilarga alohida minnatdorlik bildirdi.
 
Tadbirda viloyat hokimligi tomonidan Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida namunali xizmat qilib, topshiriqlarni bajarishda shijoat ko‘rsatib, sidqidildan xizmat olib borayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xizmatchilar faxriy yorliqlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
 
Viloyat prokurori Salom Samadov, viloyat IIBB boshlig‘i Tohir Aripov marosimda ishtirok etdi va soha xodimlarini bugungi shodiyona bilan muborakbod etdi.
 
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, yaqinda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining zamon talablari darajasida qurilgan yangi binosi foydalanishga topshirilgan edi. Kuni kecha Bekobod va Chinoz tumanida Yong‘in-qutqaruv qismlarining binosi ishga tushdi.
 
Bugungi sana munosabati bilan viloyatimizning barcha hududlarida uchrashuv va muloqotlar, bellashuv va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Tugmani bosing Tinglash